Yo‘nalishsiz taksilarga aeroport va vokzallarda to‘xtashga ruxsat berildi
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksilar aeroportlar, temiryo‘l va avtovokzallar hududida yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul to‘xtay oladi. Shuningdek, ularga “To‘xtash taqiqlangan” joylarda to‘xtash va maxsus yo‘laklardan foydalanish huquqi berildi. gazeta.uz »
