Mas’ud Pezeshkian Erondagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
Eronda o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Mas’ud Pezeshkian g‘alaba qozondi. Etnik ozarbayjon bo‘lgan Pezeshkianga 16,4 mln eronlik - saylovda qatnashganlarning 54,8 foizi ovoz berdi. Uning raqibi Said Jaliliy esa 13,5 mln ovoz to‘pladi. gazeta.uz »
