Bloger Farhod Mannopovni operatsiya qilgan LOR shifokor oqlandi
Toshkent shahar sudida Mittivine taxallusli bloger Farhod Mannopovni operatsiya qilgan LOR shifokorning apellyatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi. U blogerning o‘limida aybsiz deb topildi. Farhod Mannopov 2023-yilda Star Med Center klinikasida boshi va burnidan olgan jarohatini operatsiya qildirib vafot etgandi. gazeta.uz »
