Eslatma: 1-oktabrdan haydovchilik guvohnomasisiz moped yoki skuter haydash taqiqlanadi
IIV 1-oktabrdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilishini eslatdi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi qaroriga ko‘ra ular malaka oshirishdan o‘tishi va “A” toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga olishi shart. Avvalroq ushbu talab 1-martdan 1-oktabrga ko‘chirilgandi. gazeta.uz »
