Shaxmatchi Muxammadzohid Suyarov Grenke Chess Open 2026 turnirida g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchi Muxammadzohid Suyarov Germaniyada bo‘lib o‘tgan Grenke Chess Open klassik turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, 9 ta imkoniyatdan 8 ochko to‘pladi va reytingi yuqoriroq bo‘lgan raqiblarini, jumladan, grossmeysterlarni ortda qoldirdi. gazeta.uz »