O‘zbekistonda san’atkorlarga “u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik” aytildi
“O‘zbekkonsert”da o‘tgan yig‘ilishda san’atkorlarga konsertlarda diniy targ‘ibotga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilikka so‘zsiz rioya etish va o‘zbekona qadriyatlarni unutmaslik tushuntirildi. Madaniyat vaziri o‘rinbosari ularga shohona hayotni ko‘z-ko‘z qilmaslik va qo‘shiqlar mazmuniga e’tibor qaratish kerakligini aytdi. gazeta.uz »