Toshkent viloyatida 10 ming dollar evaziga sud hukmini o‘zgartirib berishni va’da qilgan advokat ushlandi
Toshkent viloyatida advokat fuqaroga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklashga o‘zgartirib berishni va’da qilib, 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.






