2024-6-26 08:32 |
Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2024-6-26 08:32 |
Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. gazeta.uz »
2024-06-27 15:32
O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2024-06-26 17:59
O‘zbekiston prezidenti va Rossiya ichki ishlar vaziri terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va migratsiya sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2024-06-25 20:12
O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2024-06-11 16:01
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti - “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi. gazeta.uz »
2024-06-07 06:59
Prezident Anqara shahridagi Turkish Aerospace Industries kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. U 2023-yilda dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan. U yerda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda aviatsiya parvozlari namoyishi ham o‘tkazildi. Foto. gazeta.uz »
2024-06-06 14:11
Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga uchib ketdi. Davlat rahbari Anqarada Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. gazeta.uz »
2024-06-05 17:20
Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala uchrashuvida O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilish borasidagi amaliy ishlari muhokama qilindi. Tomonlar elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish, mamlakatda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etish masalalariga to‘xtaldi. gazeta.uz »
2024-06-05 16:46
Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2024-06-04 16:13
Buxoro viloyatiga borgan Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Prezident, shuningdek, majmuadagi “yuz yil vayron bo‘lib yotib”, tiklangan Toqi miyona darvozasini ko‘zdan kechirdi. gazeta.uz »
2024-05-31 12:43
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi. Tashrifda loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish reja qilinmoqda. gazeta.uz »
2024-05-31 08:04
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
2024-05-20 10:14
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. gazeta.uz »
2024-05-17 08:42
O‘zbekiston prezidenti Moskvada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Davlat rahbari Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi. Foto. gazeta.uz »
2024-05-09 14:53
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, yozda Rossiya bozoriga meva-sabzavotlar eksportini oshirish haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »
2024-05-09 07:59
Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-05-08 15:05
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi. gazeta.uz »
2024-05-08 14:30
Vengriya, Eron, Chexiya, O‘mon va Jazoir elchilari O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. “O‘zbekiston jahonga keng ochilayotgan, xorijiy sheriklari bilan aloqalarni izchil rivojlantirib borayotgan tinchliksevar va adolatli ijtimoiy davlat”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »
2024-05-07 12:46
Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida bo‘ladi, deya xabar berdi Kreml. Paradda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi. gazeta.uz »
2024-05-06 19:06
Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi doirasida kapital bozorini rivojlantirish, mas’uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish va investorlar bilan ishlashni raqamlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi. gazeta.uz »
2024-05-03 11:02
Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi. gazeta.uz »
2024-04-29 08:39
Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Oldingi safar u 2023-yilning dekabrida ta’tilga chiqqandi. gazeta.uz »
2024-04-22 08:07
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi. gazeta.uz »
2024-04-19 12:29
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbega bordi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Foto, video. gazeta.uz »
2024-04-18 09:50
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-04-09 20:38
Dushanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari muhokama qilinadi. Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start beriladi. gazeta.uz »
2024-04-08 09:03
O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi. gazeta.uz »
2024-03-23 13:59
O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi. gazeta.uz »
2024-03-22 23:04
Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi. gazeta.uz »
2024-03-21 12:29
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Tabrikda saylovchilarning yuqori faolligi “Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin namoyishi” ekani aytiladi. gazeta.uz »
2024-03-18 08:55
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2024-03-15 18:21
O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-02-26 12:58
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. gazeta.uz »
2024-02-21 07:22
Andijon viloyatida Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile kompaniyasi bilan birgalikda elektrobuslar yig‘ish boshlanadi. Prezidentdan xitoylik hamkorlari elektrobusga nom berishni so‘radi, Mirziyoyev esa uni “Ipak yo‘li” deb nomladi. gazeta.uz »
2024-02-16 13:14