Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?
Chilonzor tumanida daraxt qulab, 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlaganlar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi. Hodisa sababli bitta avtomobilga ham zarar yetgan. gazeta.uz »