“Bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat yuborilgan”. Toshkent metrosi — elektron panduslar ishlamayotgani haqida
Tarmoqlarda Toshkent metrosi bekatlaridagi elektron panduslar ishlamayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Metropoliten bayonotiga ko‘ra, Texnopark tomonidan o‘rnatilayotgan qurilmalar hali to‘liq sozlab bo‘linmagan, jarayonni tezlashtirish uchun esa tegishli idoralarga bir necha bor rasmiy xatlar chiqarilgan.





