
2025-1-9 09:29 |
Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...

2025-1-9 09:29 |
Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Nexia 1 haydovchisi maktab oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchini urib ketdi. Ulardan bir nafari shifoxonaga yotqizildi, ikki nafariga esa birinchi yordam ko‘rsatildi. gazeta.uz »
2025-10-16 23:50
Quva tumanida 21 yoshli Damas haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. gazeta.uz »
2025-10-10 06:52
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida IIB xodimlari 34 yoshli ayolni tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i bilan birga yechintirib, kaltaklashdi. Ular ayolni soliq inspeksiyasi boshlig‘i ustidan yolg‘on ariza berishga majburlab, kaltaklagan. gazeta.uz »
2025-10-06 10:29
Davlat soliq qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi katta inspektori fuqarodan o‘z ukasiga tegishli 48 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qildi. Gumonlanuvchi DXX va BP xodimlari tomonidan ushlandi. gazeta.uz »
2025-10-04 10:00
Farg‘ona viloyatida gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i va qurilish inspeksiyasi mutaxassisi pora bilan ushlandi. Har ikkala holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. gazeta.uz »
2025-09-25 14:47
Bag‘dod tumanida mast holdagi Tracker haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan velosiped haydovchisini urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi. Avtomobil egasi 3 yilga haydovchilikdan va 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
2025-09-24 10:19
Qo‘shtepa tumanida yuqori tezlikdagi Nexia 3 haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan skuter haydovchisni urib yubordi. Oqibatda 40 yoshli jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2025-09-18 08:49
9-sentabr kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, evaziga 5000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi. U Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan. gazeta.uz »
2025-09-15 12:04
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda uy sharoitida diniy saboq berish holatlari aniqlandi. Qo‘qon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan uy bog‘chasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelingan. gazeta.uz »
2025-08-26 12:24
Buvayda tumanida “Gaz-3110” avtomobili haydovchisi yo‘liga velosipedda chiqqan 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2025-08-21 08:27
Marg‘ilon shahrida 3 yoshli bolani bosib ketgan haydovchi ayolga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U, shuningdek, 27,3 mln so‘m moddiy va ma’naviy zarar to‘laydi. “Ko‘chaga olib chiqsangiz, mashina kelsa, uyga kiraman, deydi. Qo‘rqib qolgan”, - dedi sudda bolaning otasi. gazeta.uz »
2025-08-08 10:24
Farg‘onaning Quva tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia 3 yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi. Mashinadagi yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
2025-07-23 22:02
Farg‘ona viloyati sudida bemor ayolning sog‘lom oyog‘ini amputatsiya qilib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan shifokorning apellyatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi. Unga avvalroq Quva tuman sudi tomonidan berilgan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldi. gazeta.uz »
2025-07-23 09:17
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida 17 yoshli bola Nexia-3 mashinasida jarlikka quladi. U hodisa joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-07-22 23:44
Marg‘ilon shahrida Lacetti avtomobili 3 yoshli bolani bosib ketdi. Tarqalgan videolarda haydovchi uning baqirganini ham eshitmay hodisa joyidan ketib qolgani ko‘rinadi. “Bir oy to‘shakka mixlanib yotdi. Hozir ham o‘zida emas”, - deydi jabrlanuvning buvisi. gazeta.uz »
2025-07-14 10:56
Farg‘ona shahrida fuqaro tanishini Lacetti avtomobilida urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. Voqeaga janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi va uning ishi qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan malakalandi. gazeta.uz »
2025-07-13 13:41
Muhokamalarga sabab bo‘lgan Farg‘onadagi Malibu viloyat IIB YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedovning turmush o‘rtog‘iga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Viloyat IIBga ko‘ra, Ahmedovga nisbatan ham intizomiy jazo qo‘llanilgan. gazeta.uz »
2025-07-05 15:47
Tarmoqlarda Farg‘onada Malibu 2 avtomobilining 106 ta qoidabuzarligi haqidagi qarorlar “oxirgi zarurat yuzasidan sodir etilganligi sababli” bekor qilingani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB holatni tasdiqlab, bu yuzasidan 5 nafar xodimiga intizomiy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
2025-07-05 07:40
DXX Farg‘ona viloyatining bir qancha tumanlarida uyida hujra tashkil etib, pul evaziga turli viloyatlik voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslarni ushladi. gazeta.uz »
2025-06-13 17:21
Qo‘qon shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi. Ular choyxona va oshxonalardagi yig‘inlarda tashkilot g‘oyalarining O‘zbekistonga olib kirilishini va xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab kelgan. gazeta.uz »
2025-06-12 07:42
Farg‘ona tumani Novkent shaharchasidagi gaz zapravka mas’ullari o‘lchov qurilmasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 4,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Tergovga qadar tekshiruv boshlandi. gazeta.uz »
2025-05-22 22:22
Farg‘ona tumanida Nexia 3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Tico bilan to‘qnashdi. Oqibatda Tico`ning 65 yoshli haydovchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yuborildi. gazeta.uz »
2025-05-06 13:15
Farg‘ona viloyati teri-tanosil 2-sonli dispanseri rahbari shifokor va xodimlarini dam olish kunlarida ishga, haq to‘lamasdan navbatchilikka jalb qilgani va xizmat safari xarajatlarini qoplamayotgani aniqlandi. gazeta.uz »
2025-04-23 07:58
Furqat tumanida oraliq masofani saqlamagan Damas yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. gazeta.uz »
2025-04-04 10:10
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida mahalliy ariqlardan birida 1−2 yosh atrofidagi bolaning jasadi topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga suvga cho‘kish sabab bo‘lgan. Prokuratura uning shaxsini aniqlash ustida ishlamoqda. gazeta.uz »
2025-03-27 21:30
Farg‘ona viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmati uchun yangi tariflar tasdiqlandi. Endi shahar aholisi oyiga 7500 so‘m, tuman aholisi esa 6500 so‘m to‘laydi. Yuridik shaxslar uchun tarif keskin oshirildi. gazeta.uz »
2025-03-24 20:12
Qo‘qon shahrida 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tez tibbiy yordam mashinasida o‘tin tashildi. RTTYM holat haydovchining o‘zboshimchaligi bilan sodir etilgani va u ishdan olinganini bildirdi. Poliklinika bosh shifokoriga hayfsan jazosi berildi. gazeta.uz »
2025-03-16 10:30
DXX Farg‘ona tumanida sintetik giyohvandlik moddalari tayyorlash bilan shug‘ullangan 3 kishini qo‘lga oldi. Ular hovlini 250 dollarga ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil etgan. Yigitlar bu ish uchun haftasiga kriptovalyuta ko‘rinishida 500 dollardan maosh olgan. gazeta.uz »
2025-03-12 09:01
Quvasoy shahrida 270 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ravishda ko‘chirilib o‘tkazildi. 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud bo‘lgan, qolganlarining nobud bo‘lishi xavfi bor. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 829 mln so‘mni tashkil etgan. gazeta.uz »
2025-03-03 13:24
Farg‘ona viloyatida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan sahro lochinini noqonuniy saqlab, uni sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Unga qushni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun 562 mln 500 ming so‘m jarima qo‘llanishi mumkin. gazeta.uz »
2025-03-02 08:46
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Buvayda tumanlari va Marg‘ilon shahrida voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar aniqlandi. Ulardan biri har bir bola uchun oyiga 200 dollardan olgan. gazeta.uz »
2025-02-23 07:21
Farg‘ona viloyatidagi “Oxunboboyev” va “Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida Nexia-3 haydovchisi poyezdni ilon izi usulida aylanib o‘tishga urindi. Oqibatda mashina poyezd tagida qoldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
2025-02-21 08:43
Qo‘qon shahrida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-02-20 10:32
Qo‘qon shahrida bir necha o‘n yillik chinor daraxtini arralab ketgan ikki shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular daraxtni yo‘q qilishga urinish paytida ekologiya va IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan. gazeta.uz »
2025-02-18 08:06
Farg‘ona shahrida onlayn qimor sabab qarzga botgan yigit qo‘shni mahalladagi xonadonga o‘g‘rilikka tushib, ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Sud uni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
2025-02-14 09:34
Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2025-01-31 07:36
Farg‘onaning Qo‘qon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytib, undan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »
2025-01-27 09:49
Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan. gazeta.uz »
2025-01-26 10:30
Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2025-01-21 09:20
Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. gazeta.uz »
2025-01-06 15:21
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi. gazeta.uz »
2024-12-22 13:45
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
2024-12-17 14:59
Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. gazeta.uz »
2024-12-04 21:34
Farg‘onaning Dang‘ara tumanida Lacetti va Damas ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas salonida ketayotgan qiz vafot etgan. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
2024-11-20 08:04
Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan. gazeta.uz »
2024-11-14 21:19
Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2024-11-12 22:01
Farg‘onada tanishiga 20 martadan ortiq pichoq urib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uyiga o‘t qo‘ygan ayol 15 yildan ko‘proqqa ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchining kredit qarzdorligi bo‘lgan va qarzni to‘lash uchun jabrlanuvchinikiga o‘g‘irlikka tushgan. gazeta.uz »
2024-11-11 19:47
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Matiz noto‘g‘ri qayrilish ortidan qarshi yo‘nalishdagi Lada Vesta bilan to‘qnashdi. YTHda ikkinchi mashina ichidagi 80 yoshli fuqaro jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
2024-11-08 21:06
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi kafeda tayyorlangan ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Holat Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan nazoratga olingan. gazeta.uz »
2024-11-07 14:46